Boburjon Omonov yangi rekord bilan Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlari chempioni boʻldi

    Sport 30 Avgust 2021 3121

    Yangi haftani xushxabar bilan boshlaymiz! Hozirgina para -yengil atletikaning erkaklar oʻrtasida F41 klassida yadro uloqtirish bahslari oʻz nihoyasiga yetdi.

    Quvonarlisi, unda hamyurtimiz Boburjon Omonov Paralimpiya rekordini yangilagan holda oltin medalga sazovor boʻldi. Boburjon 14.06 metr natija qayd etdi.

    Taʼkidlash kerakki, bu borada jahon rekordi ham aynan Omonovga tegishli. Boburjon BAAda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 14.31 metr natija bilan dunyo rekordini oʻrnatgan edi, deb xabar beradi Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati.

    Shu tariqa delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 13 taga yetdi: 5 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza.