Sport vazirligining xabar berishicha, Malayziyaning Nilay shahrida oʻtkazilayotgan velosportning trek yoʻnalishi boʻyicha kattalar, yoshlar va parasportchilar oʻrtasida Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi yana bir medalga ega chiqdi.
Erkaklar oʻrtasida tashkil etilgan skretch dasturida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Dmitriy Bocharov eng yaxshi natijani qayd etgan holda oltin medalni qoʻlga kiritdi.
— Dmitriy Bocharov (Oʻzbekiston)
— Kazushige Kuboki (Yaponiya)
— Terri Kusuma (Indoneziya).
Ahamiyatlisi, oʻzbekistonlik sportchi bu dasturda amaldagi Jahon chempioni, yaponiyalik Kazushige Kubokini ortda qoldirgan holda tengsiz boʻldi.