Boeing korporatsiyasi Starliner fazoviy kemasi vositasida ilk bor astronavtlarni Xalqaro koinot stansiyasiga olib chiqdi

    Boeing korporatsiyasi CST-100 Starliner fazoviy kemasi vositasida ilk bor astronavtlarni Xalqaro koinot stansiyasiga olib chiqdi. Translyatsiya AQSh Milliy aeronavtika va koinot boshqarmasi (NASA) saytida amalga oshirildi.

    Ma'lumotlarga ko'ra, bortda NASA astronavtlari Betch Uilmor va Sunita Uilyams bor.

    Kemaning Kanaveral burnidagi (Florida shtati) kosmodromdan uchirilishi mahalliy vaqt bilan soat 10:52 da amalga oshirildi. Orbital stantsiyaga parvoz bir kundan bir oz ko'proq vaqtni olishi kutilmoqda, deb xabar beradi report.az.