— Mahalla hududida bir vaqtlar faoliyat yuritgan eski bog'cha binosi bo'lardi, — deydi mehnat faxriysi Riyimboy Qurbonov. — Prezidentimizning maktab yoshigacha bo'lgan bolalarni bog'chalarga to'liq qamrab olish bo'yicha topshiriqlari ijrosini ta'minlash uchun tuman hokimligi ushbu binoni mukammal ta'mirdan chiqardi. Yana qo'shimcha yozgi ayvoncha va oshxona qurildi, hudud devor bilan o'rab olindi. Bugun mahalla ahli jajji farzandlari tarbiyalanishi va ta'lim olishlari uchun yaratib berilgan bunday sharoitdan juda minnatdor.
Hozirda tumanda maktab yoshigacha bo'lgan bolalarni MMTlarga jalb qilish deyarli yetmish foizga etdi. Kelasi yili ish boshlaydigan yangi MMTlar hisobiga barcha bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotlariga to'liq qamrab olish imkoniyati yaratiladi.
Ro'zimboy Hasan,
“Yangi O'zbekiston” muxbiri