Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan boʻlib, tarqalgan videoda maktabgacha taʼlim muassasasida tarbiyalanuvchilarga hozirda noyob, “Qizil kitob“ga kiritilgan Oʻrta Osiyo kobralari bilan tomosha uyushtirilganligi va bunda bogʻcha maʼmuriyati tomonidan bolalarning hayoti va sogʻligʻi uchun xavfsizlik choralari taʼminlanmaganligi aks etgan.

Hozirda holat yuzasidan Ichki ishlar organlari tomonidan mazkur holat qachon va qayerda sodir boʻlganligini aniqlash choralari koʻrilmoqda, buning natijasida vaziyatga huquqiy baho berish masalasi hal etiladi.

Holat boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.