Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Yallama-terminal” bojxona punktiga fuqaro boshqaruvida kirib kelgan “MERCEDES BENZ SPRINTER” rusumli avtotransport vositasi bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida, avtotransport vositasi salon qismida yoʻl-yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilmagan 24 dona “Jack Daniels” nomli alkogol mahsulotlari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.










