Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Yallama-terminal” bojxona punktiga fuqaro boshqaruvida kirib kelgan “MERCEDES BENZ SPRINTER” rusumli avtotransport vositasi bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida, avtotransport vositasi salon qismida yoʻl-yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilmagan  24 dona “Jack Daniels” nomli alkogol mahsulotlari borligi aniqlandi.

 Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.