Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari tomonidan “Toshkent-tovar” bojxona posti bilan hamkorlikda quyida ana shunday holatlarning yana birini fosh etishdi.

Unga koʻra, xorijdan keltirilgan yuk konteynerida hujjatlarga asosan “rezina qoʻlqoplar“ yuklangan boʻlishi kerak edi.

Biroq oʻtkazilgan bojxona koʻrigi natijasida yuk konteynerida “rezina qoʻlqoplar“ umuman yoʻqligi, oʻrniga esa yoʻl-yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilmagan qiymati 1,5 mlrd. soʻmlik, 340 ming 760 dona “qurilishda ishlatiladigan trikotaj qoʻlqoplar” tovarlari borligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, mazkur tovarlarga 394,5 mln. soʻm miqdorida qoʻshimcha bojxona toʻlovlari hisoblandi.

Natijada mazkur tovarlar belgilangan tartibda saqlovga olinib, hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.