Tezkor tadbir davomida fuqaro O.A. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli transport vositasi va ushbu avtomashinada yoʻlovchi sifatida oʻtirgan fuqaro F.A.lar xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.

Natijada, ushbu avtotransport vositasining oʻng taraf old oʻrindigʻining orqa tomonida fuqaro O.A tegishli boʻlgan oʻrami bilan ogʻirligi 30,15 gramm “Opiy” giyoxvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Hozirda, mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan fuqaro O.A.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan hamda fuqaro F.Aga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.