Metallurgiya sanoat ishlab chiqarishda yetakchi hisoblangan davlatlarda iqtisodiyotning hal
qiluvchi tarmog'i hisoblanadi. Aynan metallurgiya boshqa sohalarga ham global bozorda
ustuvorlik qilishga, xususan sifatli prokat ishlab chiqarishga ko'maklashadi.
So'nggi yillarda respublikamizda metallurgiya sanoati tobora rivojlanib bormoqda. Sohaga
yangi va ilg'or innovatsion yondashuvlar asosida xorijiy investitsiyalar keng qo'llanilmoqda.
Statistik ma'lumotlarga ko'ra, mamlakatimizda joriy yilning yanvar`-iyun` oylarida 755,9 mln.
AQSH dollarlik 191,4 ming tonna metallurgiya sanoati mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.
– Toshkent metallurgiya zavodi mamlakatimizdagi texnik va texnologik jihatdan xalqaro
miqyosdagi yirik majmualar qatoriga kiradi, – “Sirg'ali” TIF bojxona posti xodimi Aziz
Mansurov. – Bu yerda Italiya, Germaniya, Rossiya, Avstriya, Shveytsariya, Janubiy Koreya kabi 27 ta
mamlakatdan asbob-uskunalar keltirib o'rnatilgan. Ishlab chiqarish, nazorat qilish va boshqarish
jarayonlari avtomatlashtirilgan. Zavodda 650 dan ortiq xodimlar mehnat qiladi.
Eng muhimi, zavodda “yashil” texnologiyalar qo'llangan. Chiqindilarni qisqartirib, qat'iy
ekologik me'yorlarga amal qiladigan, chiqindi gazlarni ushlab qoladigan, oqova suvlarni
tozalaydigan va boshqa zarur uskunalar bilan jihozlangan.
Zavod tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Sirg'ali”
tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti orqali xorij bozorlariga yo'naltiriladi.
Bojxona posti xodimlari eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda korxona vakillariga
amaliy yordam berib kelishmoqda.
Ma'lumot o'rnida, zavodda o'rnatilgan zamonaviy texnologik asbob-uskunalar yordamida joriy
yilning o'tgan davrida 3,7 mln.dollarlik 3 ming tonnadan ortiq metallurgiya sanoati
mahsulotlari eksport qilindi.
Mazkur ko'rsatkichning asosiy qismi Afg'oniston, Rosssiya Federatsiyasi, Qozog'iston, Qirg'iziston
davlatlari hisobiga to'g'ri kelmoqda.
Bojxonachilar mamlakatimizning eksport salohiyatiga munosib hissa qo'shmoqda
Mamlakatimizda tadbirkorlik sub'ektlari uchun yaratilgan qulay sharoit va imkoniyatlar xalqimizning farovon hayot kechirishi, bugungi kunidan rozi bo'lib, ertangi kuniga yanada katta ishonch paydo bo'lishiga xizmat qiladi.
Samarqandda voyaga yetmagan bola bankka bostirib kirib, pul talab qildi
- Andijon va Sirdaryo viloyatlarida hokim yordamchilarining imtiyozli kredit mablag‘larini o‘zlashtirganlik holatlari fosh etildi
- Belarus bilan hududlararo hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi
- O‘zbekistonda metallurgiya sanoati hajmi 151 trln so‘mdan oshdi
- Temir qizig‘ida bosilmagan yoxud qolgan ishga qor yog‘adi(mi?)
- Namangan viloyatida 27 yoshli yigit Sirdaryo daryosiga cho‘kib ketdi
Ilgiz Tantashev Paragvay — Fransiya o‘yini boshqaradi
- Yoshlarga davlat mukofotlari topshirildi
- Tbilisida Alisher Navoiy haykali ochildi
- Profilaktika inspektorlari faoliyati va jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
- Prezidentimiz yoshlar bilan uchrashib, yangi tashabbuslarni ilgari surdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Gruziyaga keldi