Boʻka tumanidagi metan zapravkada qoidabuzarlik fosh etildi

    AGTKSHda oʻrnatilgan gaz hisoblash uskunasiga tashqi taʼsir oʻtkazish yoʻli bilan tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzish holati aniqlandi.

    “Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali mutaxassislari ishtirokida 28-mart kuni oʻtkazilgan profilaktik tadbirlarda Boʻka tumanidagi Oqqoʻrgʻon gaz taqsimlash stansiyasiga ulangan “TRANS-METAN” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasi faoliyati oʻrganildi.

    Oʻrganishlar davomida AGTKSHda oʻrnatilgan gaz hisoblash uchskunasiga tashqi taʼsir oʻtkazish yoʻli bilan tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzish holati aniqlandi.

    Mazkur holat yuzasidan tegishli dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmini qayta hisob-kitob qilish va jarima miqdorini aniqlash jarayonlari olib borilmoqda. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiriladi.

    Qayd etish kerak, sohaga joriy etilgan “ASKUG” tizimi tabiiy gaz isteʼmolini har bir isteʼmolchi kesimida chuqur tahlil qilish imkonini beradi. Tabiiy gaz isteʼmoli hajmlarini doimiy ravishda monitoring qilish evaziga tabiiy gazdan foydalanishda qoidabuzilish holatlari tezda aniqlanmoqda.

    Shu munosabat bilan “Hududgaztaʼminot” AJ isteʼmolchilardan qonunchilikka rioya qilib, “zangori” yoqilgʻidan oʻgʻrincha foydalanmaslikni va tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya qilishni soʻraydi.