Qayd etilishicha, “Brat” 30 tonna paxtani qoʻshib yozish evaziga fermerdan 15 million soʻragan. “Raypo” boshligʻi qamoqda, paxtakor esa rejani qanday bajarishni bilmay oʻtiribdi haliyam.
Paxta yetishtirish boʻyicha bir paytlar “Toshkent viloyati tajribasi”, “Boʻka metodikasi” degan gap boʻlardi.
Bugungi kunga kelib “Paxta hosilini barbod qilish boʻyicha Toshkent viloyati tajribasi”, “Qoʻshib yozish boʻyicha Boʻka metodikasi” paydo boʻldi, qorakoʻzlar.
Aytgancha, tan olasizmi-yoʻqmi, Oʻzbekiston haliyam agrar mamlakat. Paxta – strategik xomashyo.