Dunyoning 68 mamlakatidan 540 nafar bokschi ishtirok etgan musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi 6 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egalladi.

Oltin medal:

-60 kg: Abdumalik Xalokov

-65 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev

-75 kg: Fazliddin Erkinboyev

-80 kg: Javohir Ummataliyev

-85 kg: Akmaljon Isroilov

-92 kg: Toʻrabek Habibullayev

Kumush medal:

-65 kg: Navbahor Hamidova

+90 kg: Jahongir Zokirov

Bronza medal:

-48 kg: Sabina Boboqulova

-51 kg: Feruza Kazakova

-75 kg: Aziza Zokirova

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi mamlakat boks federatsiyasi, sportchi va murabbiylar hamda millionlab hamyurtlarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy qutlaydi.