Boks boʻyicha Oʻzbekiston U22 terma jamoasi ham Osiyoda tengsiz boʻldi

    Sport 11 Avgust 2025 1112

    Tailandda boks boʻyicha U22 yosh toifasidagi Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi.

    Oʻzbekiston terma jamoasi musobaqani 8 ta oltin, 6 kumush va 4 ta bronza medallari bilan yakunladi. Ushbu koʻrsatkich bilan jamoa umumjamoa hisobida yana bir bor birinchi boʻldi.

    Keyingi Qozogʻiston vakillari egalladi va 5 oltin va 4 kumush medalni qoʻlga kiritishdi.

    Gʻolib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:

    Oltin medali:

    • -55 kg. Samandar Olimov
    • -65 kg. Sayat Ilyasov
    • -70 kg. Muhammadazizbek Ismoilov
    • -75 kg. Shavkatjon Boltayev
    • -85 kg. Abdulaziz Abdurahmonov
    • +90 kg. Halimjon Mamasoliyev
    • -51 kg. Gulsevar Ganiyeva
    • -57 kg. Xumorabonu Mamajonova

    Kumush medali:

    • -60 kg. Shohruh Abdumalikov
    • -80 kg. Rahmatillo Boymatov
    • -90 kg. Shahzod Polvonov
    • -48 kg. Robiyaxon Baxtiyorova
    • -54 kg. Uzukjamol Yunusova
    • -70 kg. Oysha Toirova

    Bronza medali:

    • -50 kg. Behruz Xoldorov
    • -60 kg. Odinaxon Ismoilova
    • -65 kg. Mohira Ahmedova
    • +81 kg. Diyoraxon Abdumannobova

    Eslatib oʻtamiz, kecha yakuniga yetgan U-19 terma jamoamiz 7 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medalini qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallagandi.