Oʻzbekiston terma jamoasi musobaqani 8 ta oltin, 6 kumush va 4 ta bronza medallari bilan yakunladi. Ushbu koʻrsatkich bilan jamoa umumjamoa hisobida yana bir bor birinchi boʻldi.

Keyingi Qozogʻiston vakillari egalladi va 5 oltin va 4 kumush medalni qoʻlga kiritishdi.

Gʻolib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:

Oltin medali:

  • -55 kg. Samandar Olimov
  • -65 kg. Sayat Ilyasov
  • -70 kg. Muhammadazizbek Ismoilov
  • -75 kg. Shavkatjon Boltayev
  • -85 kg. Abdulaziz Abdurahmonov
  • +90 kg. Halimjon Mamasoliyev
  • -51 kg. Gulsevar Ganiyeva
  • -57 kg. Xumorabonu Mamajonova

Kumush medali:

  • -60 kg. Shohruh Abdumalikov
  • -80 kg. Rahmatillo Boymatov
  • -90 kg. Shahzod Polvonov
  • -48 kg. Robiyaxon Baxtiyorova
  • -54 kg. Uzukjamol Yunusova
  • -70 kg. Oysha Toirova

Bronza medali:

  • -50 kg. Behruz Xoldorov
  • -60 kg. Odinaxon Ismoilova
  • -65 kg. Mohira Ahmedova
  • +81 kg. Diyoraxon Abdumannobova

Eslatib oʻtamiz, kecha yakuniga yetgan U-19 terma jamoamiz 7 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medalini qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallagandi.