Tailandda oʻtayotgan boks boʻyicha Osiyo chempionatida ayollar oʻrtasidagi bellashuvlar yakunlandi. Bahslar yakunida Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi 3 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor boʻldi.

Bugungi finallarda gʻalaba qozongan Farzona Fozilova, Feruza Kazakova hamda Navbahor Hamidova terma jamoamiz hisobiga oltin medallarni taqdim qilishdi.

Gʻolib va sovrindor boʻlgan bokschi qizlarimiz:

Oltin medal:

-48 kg: Farzona Fozilova

-52 kg: Feruza Kazakova

-66 kg: Navbahor Hamidova

Kumush medal:

-54 kg: Aziza Yakubova

-57 kg: Nigina Oʻktamova

-75 kg: Aziza Zokirova

+81 kg: Oltinoy Sotimboyeva

Bronza medal:

-50 kg: Sabina Boboqulova

-81 kg: Sohiba Roʻzmetova

Ertaga erkaklar oʻrtasidagi final bahslari boʻlib oʻtadi.