Finalchilar orasida Sitora Turdibekova (-57 kg) oʻz jangini muvaffaqiyatli oʻtkazib, Osiyo chempionligini qoʻlga kiritishdi. Yana 5 nafar vakilimiz esa kumush medal bilan kifoyalandi.

Bugun final natijalari:
-48 kg: Gulasal Sultonaliyeva – Alua Balkibekova (Qozogʻiston) 1:4
-54 kg: Sitora Shogdarova – Dina Jolman (Qozogʻiston) 2:3
-57 kg: Sitora Turdibekova – Vladislava Kuxta (Qozogʻiston) 5:0
-69 kg: Navbahor Hamidova – Valentina Kaljova (Qozogʻiston) 0:5
-75 kg: Mavluda Mavlonova – Pura Rani (Hindiston) 0:5
-81 kg: Sohiba Roʻzmetova – Fariza Sholtay (Qozogʻiston) 0:5

Shu tariqa, bokschi qizlarimiz Osiyo chempionatini 1 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza, jami 8 ta medal bilan yakunlashdi. Ertaga erkaklar oʻrtasida final bahslari boʻlib oʻtadi, deb xabar beradi Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati.