Turnir yakuniga koʻra, musobaqada qatnashgan 8 bokschimizning barchasi Oʻzbekistonga medal bilan qaytadigan boʻldi.
Belarusning Orsha shahrida boks boʻyicha xizmat koʻrsatgan murabbiy A.K.Kolchin xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnir yakuniga yetdi.
Avval xabar berganimizdek, finalgacha 7 nafar bokschi qizimiz yetib kelishgan edi. Bugun yakuniga yetgan final janglari natijalariga koʻra, 5 nafar bokschimiz finalda gʻalaba qozongan holda oltin medalga ega chiqdi.
Turnir yakuniga koʻra, musobaqada qatnashgan 8 bokschimizning barchasi Oʻzbekistonga medal bilan qaytadigan boʻldi.
Bokschi qizlarimiz turnirda quyidagi natija koʻrsatishdi:
Oltin medal:
-51 kg: Gulasal Sultonaliyeva;
-54 kg: Sitora Shogdarova;
-60 kg: Dilfuza Bekova;
-64 kg: Mohinabonu Abdullayeva;
-69 kg: Navbahor Hamidova.
Kumush medal:
-60 kg: Ziyoda Yarasheva;
-69 kg: Xadichabonu Abdullayeva.
Bronza medal:
-57 kg: Sitora Turdibekova, deb xabar beradi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.