Unda Osiyo terma jamoasi safida uch nafar bokschimiz jang oʻtkazayotganligi haqida xabar qilgandik. Bokschilarimiz birinchi turda Afrika vakillarini magʻlubiyatga uchratgandi.
Navbatdagi jang ertaga, 11-iyun kuni Rossiya terma jamoasiga qarshi oʻtkaziladi. Oʻsha kuni Rossiya va Osiyo terma jamoalari oʻrtasida quyidagi janglar tashkil etiladi:
-63 kg: Aleksandr Devyatov - Bahodur Usmonov (Tojikiston)
-68 kg: Xariton Agrba - Bobousmon Baturov (Oʻzbekiston)
-75 kg: Pavel Sosulin - Saparbay Aidarov (Qozogʻiston)
-80 kg: Saveliy Sadoma - Odiljon Aslonov (Oʻzbekiston)
-92 kg: Muslim Gadjimagomedov - Madiyar Saidrahimov (Oʻzbekiston)