16-may, juma kuni oʻtkazilgan final janglarining barchasida oʻzbekistonlik sportchilar gʻalaba qozonib, 6 ta oltin medalga sazovor boʻlishdi. Yettinchi finalchi Xumorabonu Mamajonova esa kumush medali bilan taqdirlandi.

Gʻolib va sovrindorlar:

Oltin medal:

  • -55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
  • -65 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev
  • -75 kg: Fazliddin Erkinboyev
  • -80 kg: Javohir Ummataliyev
  • -85 kg: Akmaljon Isroilov
  • +90 kg: Jahongir Zokirov

Kumush medal:

  • -57 kg: Xumorabonu Mamajonova

Bronza medal:

  • -60 kg: Samandar Olimov
  • -70 kg: Gʻofurjon Tohirov

Yakunda 6 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan oʻzbekistonlik bokschilar umumjamoa hisobida birinchi boʻlishdi.