Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi xabariga koʻra, Duyshenkul Shopokov xotirasiga bagʻishlangan boks musobaqasida terma jamoamiz vakillari katta tarkibda ishtirok etadi. Xususan, tarkibda Osiyo oʻyinlari finalchisi Shunqor Abdurasulov, yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionlari Abdulaziz Abdupattayev, Jahongir Zokirov, shuningdek, qizlar oʻrtasida birinchi jahon chempioni Nigina Oʻktamova hamda Turkiyada yakunlangan ayollar oʻrtasidagi JCH ishtirokchilarini uchratish mumkin.

Toʻliq tarkib quyidagicha:

Erkaklar:
-48 kg: Shodiyorjon Meliqoʻziyev
-48 kg: Asilbek Jalilov
-51 kg: Abdumajid Mannopov
-57 kg: Samandar Xolmurodov
-60 kg: Shunqor Abdurasulov
-63,5 kg: Gʻofurjon Tohirov
-67 kg: Lazizbek Fattoyev
-71 kg: Kamronbek Turgʻunboyev
-75 kg: Abdulaziz Abdupattayev
-80 kg: Jasurbek Yoʻldoshev
-86 kg: Shohjahon Abdullayev
-92 kg: Diyorbek Oʻrolov
+92 kg: Jahongir Zokirov

Ayollar:
-48 kg: Farzona Fozilova
-48 kg: Marjona Savriyeva
-52 kg: Feruza Kazakova
-54 kg: Nigina Oʻktamova
-54 kg: Nozima Bulturova
-57 kg: Rashida Tagirova
-63 kg: Ziyoda Yarasheva
-66 kg: Xadichabonu Abdullayeva
-75 kg: Sohiba Roʻzmetova