Har yili ushbu bayram arafasida yurtimizdagi minglab bolajonlarga Prezident sovg'alari yetkazilishi an'anaga aylangan.
29 dekabr kuni Nurafshon va Chirchiq shaharlarida Prezident sovg'alarini bolajonlarga tortiq etishga bag'ishlangan tantanali ko'ngilochar marosim bo'lib o'tdi.
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, sektor rahbarlari, nuroniylar hamda bir guruh faollar ishtirokida viloyatdagi 300 nafardan ortiq mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 3 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan farzandlariga shukuhli bayram munosabati bilan Prezident sovg'alari tortiq qilindi.
Bunday bayram tadbirlari shahar va tumanlar bo'ylab davom etmoqda.