Tuman markazidagi “Oq-oltin” toʻyxonasida kichkintoylar uchun bayram dasturxoni yozildi. Saxovatpesha kishilar koʻmagida bolajonlarga sarpo, velosipedlar tuhfa etildi.

Bayram tadbirida ehtiyojmand oilalarni qoʻllab-quvvatlash, kambagʻallikni qisqartirish, ijtimoiy roʻyxatlardagi fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida soʻz yuritildi.

— Bugungi kunda maktabgacha taʼlim muassasariga qamrab olingan 8 ming 664 nafar bolajonlarning 1470 nafardan ortigʻini ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari tashkil etmoqda, — deydi Beshariq tuman maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiri Shoiraxon Barotaliyeva. — Biz mazkur oilalar farzandlarini qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy yordam koʻrsatishga alohida eʼtibor koʻrsatib kelyapmiz. Joriy yilning shu kuniga qadar 229 ta yangi davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim maskanlari ish boshladi. Bu qariyib 800 nafardan ortiq kichintoylarni taʼlimning boshlangʻich yoʻnalishlariga qamrab olish imkonini beradi.

Bayram tadbiri bolajonlar va ularning yaqinlari ishtirokidagi katta tantanalarga ulanib ketdi.

Rasuljon KAMOLOV,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri