DXA Sirdaryo viloyat boshqarmasi rasmi

Oradan biroz vaqt oʻtib, qoʻshni davlatda farzandli boʻldi. Oʻsha paytda fuqarolik pasportini yoʻqotib qoʻyganligi sababli farzandiga tugʻilganlik haqida guvohnoma ololmadi.

2021-yil may oyida farzandiga tugʻilganlik guvohnoma rasmiylashtirib berishlarini soʻrab Oqoltin tuman FHDYO boʻlimiga murojaat qildi.

— Fuqaroning ushbu murojaati boʻyicha Qozogʻiston Respublikasiga va doimiy yashash manzili boʻlgan Andijon viloyatining Izboskan tumaniga soʻrovnoma yuborildi, — deydi Oqoltin tuman FHDYO boʻlimi mudirasi Mohira Mahmudova. — Tegishli hujjatlar asosida M.Samsakovaning 2011-yilda oʻgʻil farzandli boʻlganligi tasdiqlandi. Fuqarolarga FHDYO xizmatlarini koʻrsatishdagi eksterritoriallik tamoyiliga koʻra barcha zarur hujjatlar toʻplangach, M.Samsakovaning farzandi Sahidillo Poʻlatovga tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma rasmiylashtirildi va bolaning ota-onasiga topshirildi.

Darhaqiqat, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga nisbatan eʼtiborsizlik va farzandiga tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma rasmiylashtirish boʻyicha oʻz vaqtida murojaat qilmaganligi tufayli Muhayyo Samsakova farzandiga oradan 10 yil oʻtib “metrika” oldi.

DXA Sirdaryo viloyat boshqarmasi matbuot xizmati.