Afsuski, yurtimizda bolalardagi onko-gematologik kasalliklarning yarmidan koʻpi soʻnggi bosqichlarda aniqlanmoqda.
Shu bois, xuddi onkologiyada boʻlgani kabi bolalar saratoniga qarshi kurashish boʻyicha ham besh yillik dastur qabul qilinadi. Bunga kamida 110 million dollar yoʻnaltiriladi.
Bolalar onko-gematologiya markazi huzurida “Bolalar saratoni boʻyicha akademik xab” tashkil qilinib, yuqori malakali xorijiy mutaxassislar olib kelinadi.
Markaziy Osiyoda yagona boʻladigan ushbu akademik xabda mintaqamizdagi shifokorlar bolalar saratoni kasalliklarini erta aniqlash va davolash boʻyicha xalqaro standartlar asosida oʻqitiladi.
Shuningdek, joylardagi bolalar shifoxonalarining onko-gematologiya boʻlimlari kasallikni erta bosqichda aniqlaydigan eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi.
Bu ishlarni tashkil qilish boʻyicha tegishli qaror loyihasini kiritish topshirildi.