Bolalar telefondan bir kunda necha soat foydalanishi mumkin?

    Bu borada bolalarning gadjetlardan foydalanishiga ko'maklashuvchi Unisafe Kids loyihasi muhim tavsiyalarni ulashdi.

    Unga ko'ra:

    – 1 yoshdan 5 yoshgacha bo'lgan bolalar kompyuter bilan shug'ullanishlari umuman tavsiya etilmaydi.

    – 5 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalar kompyuter va planshet bilan 10 daqiqa, maksimum 20 daqiqa (24 soat ichida) shug'ullanishlari tavsiya etiladi.

    – 1-sinfdan 5-sinfgacha, ya'ni 7 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar kun davomida 10-15 daqiqa foydalanishi tavsiya etiladi.

    12 yoshdan oshgan bolalar esa bir kunda 3 mahal 20 daqiqadan shug'ullanishi mumkin.

    Uyqudan 30 daqiqa oldin bolalarga umuman televizor ko'rmaslik, telefondan foydalanmaslik tavsiya etiladi.