Tadbir davomida kichkintoylar uchun tayyorlangan bayram dasturlari namoyish etildi. Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika universiteti talabalari tomonidan qoʻgʻirchoq teatri shaklida eʼtiborga havola etilgan “Zumrad va Qimmat” ertagi bolajonlarda katta taassurot qoldirdi.

Turli ertak qahramonlarining chiqishlari, qiziqarli sport bellashuvlari, dilbar kuy va qoʻshiqlar, dilrabo raqslar kichkintoylarga bayramona xush kayfiyat ulashdi.  

Tadbirda Uchtepa tumani “Farhod” mahallasi bilan hamkorlikda MTTdagi kam taʼminlangan oila farzandlariga sovgʻalar taqdim etildi.

Ayni paytda muassasada 380 nafar bola tarbiyalanmoqda.