Ushbu Qonun bilan Jinoyat kodeksida va Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida bolalarga nisbatan Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanib uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.
Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksiga voyaga yetmagan guvohni yoki jabrlanuvchini soʻroq qilishning bir kun mobaynidagi umumiy davomiyligini hamda ularni soʻroq qilish jarayonida qonuniy vakillarning ishtirok etishi tartibini belgilovchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Muhokama jarayonida senatorlar tomonidan ushbu Qonun jinoyatlarning oldini olishga, sodir etiladigan jinoyatlar uchun jazoning muqarrarligini taʼminlashga, shuningdek, bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilishi taʼkidlandi.
Majlis yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan Qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilindi.








