Bolalarning rivojlanishi uchun qanday mahsulotlar foydali?

    AQSHning Kentukki universiteti kasalxonasi pediatri Jorj Fuchs bolalar ratsionidagi qanday ovqatlar ularning rivojlanishiga hissa qoʻshishi haqida gapirib berdi.

    Shifokorning fikricha, vitamin qoʻshimchalari bolalarni zarur oziq moddalar bilan taʼminlashning eng keng tarqalgan usullaridan biri boʻlsa ham, ularni retseptsiz, notoʻgʻri ishlatish foydadan koʻra koʻproq zarar keltirishi mumkin.

    Fuchs bolalarning parhezini diversifikatsiya qilishni va unga bir qator oziq-ovqatlarni qoʻshishni tavsiya qildi. Gap brokkoli, karam, ismaloq, sabzi, shirin kartoshka va qovoq haqida ketyapti. Mazkur sabzavotlar bolalarni etarli darajada A vitamini bilan taʼminlaydi. Bundan tashqari, banan, yashil sabzavotlar, don mahsulotlari, jigarrang guruch diyetada boʻlishi kerakligini, chunki ular B vitaminiga boy ekanini, qayd etdi shifokor. S vitamini pomidor, apelsin, kivi, qovun, qulupnay va shirin qalampirda mavjud. Sut, qizil ikra, tuxum va orkinos isteʼmol qilish D vitamini etishmasligini toʻldirishga yordam beradi. K vitaminini bargli koʻkatlar, sholgʻom va soyadan olish mumkin.

    Pediatrning taʼkidlashicha, bolalarning tanasi hali ham rivojlanayotgan boʻlsa-da, sifatli, muvozanatli ovqatlanish tufayli u vitaminlarni qabul qilsa foydali boʻladi, deyiladi iz.ru saytida.