Hodisa 25-aprel kuni soat 23:00 atrofida Yunusobod tumanida sodir boʻlgan.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, ayol va uning bolasi kasalxonaga yotqizilgan. U yerda birinchi tibbiy hamda psixologik yordam koʻrsatilgan.

Qayd etilishicha, 20 yoshli buxorolik ayol turmush oʻrtogʻi tashlab ketgani sabab hayot qiyinchiliklarini boshdan kechirib, oʻzi va farzandi joniga qasd qilishga uringan.

Ayni paytda ayol bilan psixologlar ishlamoqda. Uning bir yoshga ham toʻlmagan oʻgʻli vaqtincha Mehribonlik uyidagi chaqaloqlar boʻlimiga topshirilgan.