Bu haqda Reuters xabar berdi.

Sofiya bunga inflyatsiya, byudjet taqchilligi, uzoq muddatli qarz olish xarajatlari va valyuta kursi barqarorligi bilan bog'liq barcha rasmiy shartlarni bajarganidan so'ng erishdi. Bolgariyaning yevroni qabul qilishi bilan bu valyutadan foydalanadigan yevropaliklar soni 350 milliondan oshadi.

Biroq, bolgarlar o'rtasida levdan voz kechish bo'yicha yakdillik yo'q. Biznes umuman olganda oldindagi o'zgarishlarni qo'llab-quvvatlamoqda. Shu bilan birga, ba'zilar Yevropa Ittifoqi tanazzul va parchalanish sari ketmoqda, ya'ni yevroni qabul qilish foydadan ko'ra ko'proq muammolar keltiradi, deb hisoblaydi.

Ba'zi siyosiy tahlilchilarning ta'kidlashicha, yevroni ilgari surish kampaniyasi zaif kechdi va keksa odamlarning, ayniqsa chekka hududlarda moslashish qiyin kechadi. Qolaversa, o'tish jarayoni barqaror hukumatning yo'qligi tufayli murakkablashishi mumkin.

O'tib borayotgan joriy yilning fevral oyi oxirida Bolgariyada levni saqlab qolish bo'yicha referendum o'tkazish uchun imzolar to'plangan edi. Tashabbus Bolgariyaning “Uyg'onish” muxolifat partiyasi tomonidan ilgari surilgan. Partiya vakillarining ta'kidlashicha, bolgarlarning taxminan 80 foizi levni saqlab qolishni xohlaydi, chunki yevroning kiritilishi oddiy fuqarolar emas, balki faqat kichik elita uchun foydali bo'ladi, deb xabar berdi lenta.ru.