Bolgariyaning Sarevo shahrida uzoq davom etgan yomg'irdan keyin ikki kishi halok bo'lgani, uch kishi bedarak yo'qolganligi haqida xabar berilgan.
Deyarli bir kun to'xtamagan yomg'ir tufayli bir qancha ko'priklar vayron bo'ldi. Shuningdek, bir nechta avtomobilni dengiz suvi oqizib ketdi.
Turkiya g'arbidagi suv toshqini oqibatida kamida ikki kishi halok bo'ldi. Kirklareli viloyatida 5 kishi bedarak yo'qoldi. Odamlarni evakuatsiya qilish uchun falokat hududiga harbiy qismlar yuborildi, deb xabar beradi mir24.tv.