“Biz qurolli kuchlarda to'liq va mutlaq nazoratga egamiz, harbiy qo'mondonlik tufayli hozir hamma narsa nazorat ostida, an'anaviy va harbiy yo'nalish bo'yicha tergov boshlanadi”, dedi u.

Chorshanba kuni mahalliy ommaviy axborot vositalari hukumat binolari joylashgan La-Pasdagi Murilo maydonida harbiylar yig'ilgani haqida xabar berishdi. Maydonga maxsus texnika olib kelindi. Mahalliy matbuotga ko'ra, avvalroq armiya qo'mondoni lavozimidan bo'shatilgan general Xuan Xose Suniga boshchiligidagi harbiylar zirhli transportyor yordamida prezident saroyiga bostirib kirishga urindi. Boliviya prezidenti Luis Arse demokratiyani hurmat qilishga chaqirdi va sodir bo'lgan voqealarni davlat to'ntarishiga urinish deb atadi. Ko'plab xorijiy davlatlar rahbarlari uni qo'llab-quvvatlashdi.

La-Pas maydonidagi tartibsizliklar taxminan uch soat davom etdi. Bu vaqt davomida prezident saroyda edi. U xalqqa murojaat qilib, yangi armiya qo'mondonligini tayinladi, ular harbiylarni maydonni tark etishga chaqirdi. Askarlar buyruqni bajarishdi. General Suniga va ikki harbiy rahbar hibsga olingan. To'ntarishga urinish oqibatida 9 kishi tan jarohati oldi, deb xabar beradi ria.ru.