Mamlakatda so'nggi yarim asrdagi eng kuchli yog'ingarchilik kuzatildi. Braziliya bilan chegarada Akko daryosi qirg'oqlaridan toshib, sathi 12 metrga ko'tarilgan. Mamlakatlar o'rtasidagi xalqaro ko'prik suv ostida qoldi.
Kobixa shahrida ogohlantirishning qizil darajasi e'lon qilindi – 400 dan ortiq uy suv ostida qolgan. Yuzlab oilalar evakuatsiya qilingan, biroq ayrim aholi talonchilikdan qo'rqib, ofat yuz bergan hududda qolmoqda. Ob-havo bashoratiga ko'ra, mart oyida ham yomg'ir yog'adi, deb xabar beradi mir24.tv.