Bu haqda “Sinxua” agentligi mahalliy hokimiyat vakillariga tayanib xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mamlakatda o'tgan yilning noyabr oyi oxiridan beri davom etayotgan tabiiy ofat 161 mingdan ortiq oilaga zarar yetkazgan.
Fuqaro mudofaasi vaziri o'rinbosari Xuan Karlos Kalvimontes havo, quruqlik va suv orqali jadal qutqaruv ishlari olib borilayotganiga qaramay, yomg'ir yog'ishi davom etar ekan, qurbonlar soni ortishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Butun mamlakat bo'ylab 34 ta munitsipalitet, asosan, La-Pas departamenti allaqachon falokat holatini e'lon qilgan. Milliy ob-havo xizmati 14 martgacha suv toshqini haqida ogohlantirdi, deb xabar beradi report.az.