Muloqot davomida tomonlar Hindiston delegatsiyasining sentyabr oyida oʻtkazilishi kutilayotgan Toshkent xalqaro kinofestivalidagi ishtiroki boʻyicha muzokaralar olib borishdi. Unga koʻra, kinofestivalga tashrifi kutilayotgan taniqli Bollivud kinoyulduzlari, shu bilan birga hind filmlarining namoyishini tashkil etish masalalari koʻrildi.
Bundan tashqari, “Kino 5 kunda” loyihasi uchun hindistonlik yosh kinoijodkorlarning ishtirokini taʼminlash boʻyicha ham kelishib olindi.
Videomuloqot soʻngida ishtirokchilar joriy yil dekabr oyida Hindistonda boʻlib oʻtadigan xalqaro kinofestival doirasida “Oʻzbek kino kunlari”ni tashkil etish hamda ikki davlat oʻrtasida qoʻshma loyihalar yaratish masalalarini ham muhokama qilishdi.