— Albatta, boʻqoq kasalligi nasl suradi. Jumladan, boʻqoqning tugunli, autoimmun tireoidit va yoyma zahar turi ota-onadan bolaga ham oʻtishi mumkin. Biroq salomatlikka eʼtiborli boʻlinsa, shifokor koʻrigidan tez-tez oʻtib turilsa, xastalikning bolaga oʻtish xavfi kamayadi.

Boʻqoq kasalligi bolalarda ham koʻp kuzatiladi. Ayniqsa, yurtimizda bolalar va oʻsmirlar orasida boʻqoqning endemik turi juda koʻp uchraydi.

Boʻqoqning oldini olish uchta shaklda — ommaviy, guruhli va individual tarzda amalga oshirilishi mumkin. Ular orasida eng samarali usul birinchisi hisoblanadi. U har bir odam isteʼmol qiladigan mahsulotga oz miqdorda yod qoʻshish orqali amalga oshiriladi. Misol uchun, bugungi kunda yurtimizda aholi yodlangan osh tuzidan foydalanadi.

Shuningdek, guruhli choralarni qoʻllashda xastalikka chalinish xavfi yuqori boʻlgan shaxslar orasida yod preparatlarini ishlatish mumkin. Bu birinchi navbatda, bolalar va oʻsmirlarni oʻz ichiga oladi.

Bundan tashqari, kasallikni oldini olishda individual choralar ham qoʻllaniladi. Yaʼni, boʻqoqni davolash va oldini olish uchun preparatlardan foydalanish mumkin. Ammo dori vositalarini tibbiy tekshiruvdan oʻtgach va mutaxassis tavsiyasi bilan buoʻoqning darajasi va turiga qarab qoʻllash lozim. Aks holda nojoʻya taʼsir etib, salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.