Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning maʼlum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev shu yilning 5-may kuni sodir boʻlgan mashʼum voqeada qahramonlarcha halok boʻlgan Abdumannop Samiqovni “Jasorat“ medali bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi farmonni imzolagan.
Davlat rahbari bu jasorat tarixini yuragiga yaqin olib, avvalo, marhumning rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirdi. Bugun hurmatli prezidentimiz marhum Abdumannop Samiqovni „Jasorat“ medali bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, qizaloqlarni qutqarishda yordamlashgan “Boʻrijar“ sport majmuasi ishchisi Nurmuhammad Mamasaliyev ham “Jasorat“ medali bilan taqdirlandi.
Bu mamlakatimizda inson qadrini ulugʻlash, vatan qahramonlariga hurmat koʻrsatish borasidagi eʼtiborning yana bir ifodasi boʻldi. Kuchli va mehr-oqibatli jamiyatda insoniylik hech qachon unutilmaydi, — deb yozadi Sherzod Asadov.