Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.Yu. fuqaro A.ni ishonchiga kirib, unga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun Chilonzor tumanida boʻsh turgan yer uchastkasidan foydalanish huquqini beruvchi qalbaki hujjatlarni taqdim etib, shu orqali yer uchastkasida qurilish ishlari olib borishga ruxsat berilganligini maʼlum qilib, evaziga 10 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi, shundan 3 800 AQSH dollarini qaytarib, qolgan 6 200 AQSH dollarini qaytarmasdan shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan M.Yu.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28,211-moddasi (pora berish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.