U egallab turgan lavozimdan gʻaraz maqsadlarda foydalanib, 2019-2021-yillar davomida oʻziga asossiz ravishda jami 4 mlrd. soʻm ish haqi va ustama yozib olgan.
Shuningdek, kollej oʻqituvchilari nomiga bank plastik kartalari ochib, ularga 310 mln. soʻm byudjet mablagʻlarini oʻqituvchilarga bildirmasdan oʻtkazib olgan.
Bosh hisobchi talon-taroj qilgan jami 4,3 mlrd. soʻm mablagʻlarni internet tarmogʻi orqali qimor oʻyinlariga tikib, sarf qilganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan bosh hisobchi va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167 (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 209 (Mansab soxtakorligi) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Gumonlanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Tergov davom etmoqda.