Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro V.E. “B.C.” “Ev.” va “B.F.” MCHJlarda oʻrindoshlik asosida bosh hisobchi lavozimida ishlab kelib, ushbu korxonalar rahbari va taʼsischisining ruxsatisiz jami 506,7 mln soʻmini ish haqi va moddiy yordam sifatida oʻzining plastik kartasiga oʻtkazish orqali talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.