Biroq, talabgorlarning koʻpligi, xususan, OKMK ga ishga kirish istagida yaqin hududlardan(Pskent, Ohangaron, Boʻka, Bekobod) ham kelgan fuqarolar hisobiga moʻljallangan joyda tiqilinch yuzaga keldi.
Shundan soʻng, zudlik bilan shahar hokimligi, OKMK masʼullari tomonidan “Mehnat yarmarkasi” mazkur madaniyat saroyiga yondosh hududda joylashgan “Yoshlar bogʻi”ga koʻchirildi. Ayni paytda “Yoshlar bogʻi”da Olmaliq shahar sektor rahbarlarining sayyor qabuli ham boʻlib oʻtmoqda.
Maʼlumot uchun qayd etish joizki, 2019-yilda kombinatga 2 500 nafardan ortiq fuqarolar ishga qabul qilingan boʻlib, ularning 1 805 nafarini yoshlar tashkil etadi (shundan 321 nafari qizlar). Shu jumladan, 660 nafari Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi kvota yoʻllanmasiga asosan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga kiruvchi shaxslardir.
Joriy yil boshidan bugungi kunga qadar 787 nafar fuqarolar ishga qabul qilingan boʻlib, ularning 738 nafarini yoshlar tashkil etadi (shundan 158 nafari qizlar).
Shuningdek, joriy yilning 31-oktyabr kuni “Metallurg” MSda yoshlar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvdan soʻng 142 nafar fuqaro kombinatga ishga qabul qilindi.
Maʼlumki, OKMK AJda yirik investitsiya loyihalari jadallik bilan amalga oshirilmoqda. “Yoshlik-1” konini oʻzlashtirilish” loyihasi doirasida yangi obyektlar, xususan 3-MBF qurilishi munosabati bilan kombinatda 10 mingta ish oʻrni bosqichma-bosqich ochiladi.
Bugungi “Mehnat yarmarkasi”da shahar korxona va tashkilotlari va kombinatdagi mavjud boʻsh ish oʻrinlariga qabul boʻlib oʻtmoqda. Shuningdek, shahar masʼullari tomonidan yoshlarning murojaatlari oʻrganilib, kelgusida ochilishi rejalashtirilgan yangi ish oʻrinlari haqida maʼlumotlar taqdim etilmoqda.
OKMK tomonidan fuqarolarni ishga qabul jarayonlari haqida hamda qabul oʻtkaziladigan kunlar va qaysi ixtisoslik uchun qachon suhbat boʻlishi haqida rasmiy veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar orqali doimiy axborot berib boriladi.
OKMK Axborot xizmati