Miya inson tanasining 2 foizinigina tashkil etadi, ammo tana quvvatining 17 % ni va organiz uchun kerakli jami kislorodning 20% foizini sarflaydi.
Miya hujayralari ko'p energiya talab qiladi, shu sababli markaziy asab tizimi hujayralarining etarli darajada kislorod bilan ta'minlanmasligi turli nevrologik xastaliklar rivojlanishi va markaziy asab tizimi faoliyati buzilishlarini keltirib chiqarishi mumkin.
Uning 73 foizi suvdan iborat. Bir yarim soat mobaynida faol ter ajralib chiqishi miya hamjmini kamaytiradi, qaritadi ham. Unda atigi 2 foiz suyuqlik kamayib ketishi e'tibor susayishi va xotira buzilishini kuchaytirish uchun yetarli bo'larkan.
Tasavvur qiling: miya 100 milliard neyron tolalaridan iborat, uning xotirasiga esa 1000 (bir ming) terrabayt ma'lumot sig'ishi mumkin.
Bosh miya neyron aloqalari uzunligi 1 million kilometrdan uzun bo'lib, bu Oydan Yergacha bo'lgan masofaning deyarli uch barobaridan ham ko'p.
O'zimizga notanish bo'lgan faoliyat bilan shug'ullanish miya uchun eng yaxshi mashq sanaladi.
Miyani inson mushaklariga qiyoslash mumkin, uni muntazam shug'ullantirib turish lozim.
Miya hajmi ( o'lchami) aqliy qobiliyatga ta'sir ko'rsatmaydi.
Nerv impulslarinig tarqalish tezligi soatiga 228 kilometrni tashkil qiladi, keksalikda bu taxminan 15 foizga pasayib ketadi.
Miya uxlamaydi, u elektr quvvati ishlab chiqaradi. Biz uxlaganimizda miya kunduzgi tajribalarni filtrlaydi, uning ahamiyatini baholaydi, so'ng kerakli ma'lumotlarni qisqa xotiradan uzoq saqlanuvchi xotiraga jo'natadi.
Yana bir xususiyati miya og'riqni sezmaydi.
Stress miya arxitekturasi va imkoniyatlari o'zgarishiga olib keladi.
Erkak nutqini yengil qabul qiladi. Unga oid asosiy faktlardan biri – miya mehnatkash. Uning har bir mayda qismi to'xtovsiz ishlab turishi kerak, aks holda keraksizlik, bekorchilikdan o'ladi. Miya faoliyati doim ishlashini ta'minlab turish uchun resurslarni sarflash organizga foydasiz (keraksiz).
Ko'rish – bosh miya ishining ajralmas qismi. Ko'rish qobiliyati holatiga doim e'tibor qaratish kerak. Uzoq vaqt ishlaganda vaqti-vaqti bilan tanaffus qilish, ko'z uchun mashqlar bajarish talab etiladi.
Doimiy ravishda ko'rikdan o'tish bosh miyaning u yoki bu xastaligi rivojlanishini aniqlashga va o'z vaqtida uning oldini olishga yordam beradi, deb xabar berdi rkob.ru.









