Bosh prokuratura Departamenti Qurilish vazirligi munosabatini yolgʻonga chiqardi

    Mamlakatimizda 5 Fevral 2022 3405

    “Qurilish vazirligi internetda tarqalgan xabarga izoh berdi” sarlavhasi ostida ushbu ish yuzasidan munosabat berilgan edi“ deb yozmoqda ”OʻzA".

    Biroq, Qurilish vazirligining 04.02.2022-yildagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabari yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti quyidagicha rasmiy munosabat bildirmoqda:

    Xorazm viloyatining Xonqa tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro F. huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilib, Xorazm viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasida ishlovchi R.R. qarindoshi R.ning binosini foydalanishga qabul qilish haqidagi murojaati inspeksiya tomonidan koʻrib chiqilib, natijasiga koʻra obyektni qabul qilish rad qilingan boʻlsa-da, R.R. xizmat mavqeidan foydalanib, ushbu murojaatni ijobiy hal qilib berishi evaziga 1 000 AQSH dollari talab qilayotganligini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

    Ushbu murojaat hamda olingan tezkor maʼlumotlarga asosan 31.01.2022-yilda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Xorazm viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi yetakchi inspektori R.R. fuqaro R.ning binosini foydalanishga qabul qilish haqidagi murojaatini ijobiy hal qilib berishi evaziga oʻzi talab qilgan 1 000 AQSH dollarini Urganch shahri markazidagi savdo kompleksining avtoturargohida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Mazkur holat yuzasidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari davomida, fuqaro R.R. Xorazm viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasining Qurilish-montaj ishlari ustidan nazorat boʻlimi yetakchi inspektori lavozimida ishlashi, inspeksiya tomonidan taqdim etilgan maʼlumotnoma, maxsus guvohnoma, tabel, tushuntirish xati hamda tezkor tadbir jarayonida olingan videolavha orqali tasdiqlangan (barcha mavjud maʼlumot va videolavhalar tergovga taqdim qilingan).

    Hozirda, jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

    Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti