Bosh prokuratura tasdiqlanmagan axborot tarqatish oqibatlaridan ogohlantirdi

    Soʻnggi kunlarda tergov qilinayotgan jinoyat ishi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali tasdiqlanmagan va asossiz, shuningdek, ishonchli rasmiy manbalarga tayanilmagan maʼlumotlar keng tarqatilishi ortidan Bosh prokuratura rasmiy bayonot bilan chiqdi.

    Unda qonunchilikka koʻra, ayniqsa, faol va katta auditoriyaga ega blogerlar, ijtimoiy tarmoqlardagi guruh va kanallar maʼmurlarini masʼuliyatli boʻlishga chaqirilgan, Media vakillariga esa amaldagi qonunchilik meʼyorlariga rioya etishlari shart ekanligi yana bir bor eslatilgan.

    «Bosh prokuratura aholi orasida yolgʻon, haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan va vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni har qanday shaklda tarqatish uchun jinoiy javobgarlik mavjudligini yana bir bor eslatadi!», deyiladi Bosh prokuratura bayonotida.