Aniqlanishicha, ushbu holat Mirobod tumanida joylashgan uyning birida sodir boʻlgan. Natijada 25 yoshli ayol va uning 8 oylik oʻgʻli vafot etgan.

Bosh prokuratura marhumlarning oʻlim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanganligini maʼlum qildi.

“Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.