Nurafshon shahar xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi Nurafshon shahri Toshkent yoʻli koʻchasida joylashgan 48-sonli umumtaʼlim maktabining boʻsh turgan binosi Toshkent viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi tasarrufiga oʻtkazib beriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Z. Mirzayev 75-10-0-Q/22-sonli qarorni imzoladi.

Mazkur hujjatga muvofiq, Toshkent viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi A.Kamalov 48-sonli umumtaʼlim maktabining boʻsh turgan binosini Toshkent viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi tasarrufiga qabul qilib olish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirilishini taʼminlaydi.