Joriy yilning 1-mart kuni Berlin shahrida ikki davlat Savdo-sanoat palatalari ishtirokida tashkil etilgan Oʻzbekiston–Germaniya biznes-forumi boʻlib oʻtdi.

Unda ikki mamlakat vazirliklari, idoralari, tarmoq birlashmalari, Savdo-sanoat palatalari, xolding kompaniyalari rahbarlari hamda 400 dan ortiq ishbilarmon doira vakillari ishtirok etdi.

Bugun, 2-mart kuni Gamburgda “Oʻzbekiston iqtisodiyoti kuni” boʻlib oʻtadi va unda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov taqdimot qiladi.