Aytilishicha, faqat bugun kunduzi Toshkent viloyatida ayrim joylarda va 12-sentyabr — juma kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Havo harorati kechalari 15-20 daraja, kunduz kunlari +28...+33 daraja atrofida, janubda +35...+38 darajagacha boʻladi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
8-10-sentyabr kunlari Toshkent va Fargʻona viloyatlarining ayrim togʻli hududlarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.
Toshkentda: bugun kunduzi havo biroz bulutli boʻladi, biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 3-6 m/s tezlikda esadi, 8-sentyabr baʼzi joylarda 8-10 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat asosan kechasi +18...+20 daraja, kunduzi +30...+32 daraja boʻladi.