Tekshiruv davomida ushbu transport vositalarining dvigatellari avtomobillarga tegishli emasligi, qo'shimcha jihozlar o'rnatilgani va shovqin darajasi yuqoriligi aniqlandi.

Shundan so'ng haydovchilarga ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtoulovlar vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirildi.

Qayd etish lozimki, haydovchilar avtomobillariga Vazirlar Mahkamasining 2020 yildagi 758-sonli qarori asosida ruxsatnoma olmay turib, boshqa turdagi dvigatellar o'rnatish taqiqlanadi.

Toshkent viloyati hokimligi

Axborot xizmati